Misr funtining qadri 32 foizga tushdi
Misr markaziy banki milliy valyuta – Misr funtini mamlakatda dollar tanqisligi oshayotgani va iqtisodiy tartibsizlik ortida erkin suzishga qo‘yib yubordi. Misr funtining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursi deyarli 32 foizga qadrsizlanib ketdi.
Misr markaziy banki bir onda milliy valyutani erkinlashtirish qarori "Misrning xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan o‘z islohotlar dasturi"ning bir qismi ekanligini aytdi. Misr Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 12 mlrd dollarlik kredit berilishini kutmoqda. Jamg‘arma esa Misr hukumatini kursni shakllantirish siyosatiga tuzatishlar kiritishga chaqirgandi.
Markaziy bank dollarning kursini bir dollarga 13 funt plyus/minus 10 foiz qiymatida belgiladi. Bungacha rasmiy kurs bir dollarga 8,8 funt edi. Biroq dollarning Misr banklarida sotib olinishi qat'iy cheklangan edi, mahalliy biznes esa valyuta sotib olishda borgan sari ko‘proq qora bozor xizmatidan foydalanib kelayotgandi. Bungacha qora bozorda dollar 18 funt, ya'ni rasmiy kursdan 2 marotaba qimmatroq turgan.
Endilikda Misrdagi banklar va bozorning boshqa ishtirokchilari dollarga istalgan narxni qo‘yishi va istagan kursida valyuta sotishi mumkin. Markaziy bankning bundan maqsadi valyuta ayirboshlashning norasmiy bozoriga chek qo‘yishdan iborat.
Valyuta tartibining erkinlashtirilishi Misrning Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 12 mlrd dollarlik kredit olishining shartlaridan biri bo‘lgan. Kredit avgustda tasdiqlangan, biroq hali jamg‘armaning ijrochi kengashi tomonidan tasdiqlanmagan.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
10:00 / 31.10.2024