Light | 15:43 / 14.11.2016
22307
4 daqiqa o‘qiladi

Donald Trampning 100 million dollarlik Boeing samolyoti qanday tuzilgan?

Barcha AQSh prezidentligiga o‘tkazilgan saylov "poyga"larini kuzatib bordi. Shu "poyga" davomida OAVlarida Donald Tramp saylov tashviqoti davomida "Tramp" yozuvi bo‘lgan samolyotda paydo bo‘ldi. Haqiqatdan ham, 45-prezident etib saylangan Donald Tramp shaxsiy Boeing 757-200 samolyotiga egalik qilar ekan. Ko‘pchilik uning samolyotini — "Trampning Birinchi Havo Kuchi" ("Trump Force One") nomi bilan atashadi va Trampning Oq Uyga bo‘lgan "poyga"lardagi eng taniqli belgilaridan biri bo‘ldi.

Discovery kanali tomonidan samolyot haqida tayyorlangan hujjatli filmga ko‘ra, Trampning o‘zi uni "T-Qushcha" ("T-Bird") nomi bilan atashni xush ko‘rar ekan. Hujjatli filmga ko‘ra, Trampning Boeing 757 samolyoti narxi 100 million dollarni tashkil etadi. Tan olish kerakki, bu narx bozor narxlariga solishtirganda bir oz bo‘rttirilganga o‘xshaydi. Ammo yangi prezident uni sotib olganda o‘z xohishiga ko‘ra bezak bergan.

Keling, Donald Trampning shaxsiy Boeing 757-200 samolyotiga nazar solamiz:

 

 

Tramp samolyotning hozirgi egasi bo‘lishiga qaramasdan, u uning birinchi egasi bo‘lgan emas.

Trampning Boeing 757-2J4ER samolyoti birinchi marta 1991 yilning may oyida o‘z parvozini amalga oshirgan. Yangi samolyot, Daniyaning arzon aviatashuvchi kompaniyasi, Sterling Airlines ga yetkazildi. Bir necha yillardan so‘ng esa, samolyot Meksikaning TAESA aviakompaniyasida xizmat qildi.

Samolyot 1995 yilda Microsoft korporatsiyasi asoschilaridan biri bo‘lgan Pol Allen tomonidan sotib olindi. 15 yil davomida Boeing samolyoti milliarderning har xil maqsadlari uchun xizmat qildi.

Tramp 2011 yilda 20 yoshlik samolyotni sotib oldi va katta harajat evaziga o‘z bezaklarini kiritdi.

Hozirgi kundagi 757 Trampning 1969 yilda ishlab chiqarilgan Boeing 727 samolyoti o‘rnini egalladi.

Boeing 757da bir juft Rolls-Royce RB211 turboparrakli motorlar o‘rnatilgan.

Rolls-Royce motorlari Tramp istagi bo‘yicha samolyotdagi o‘rnatilishi kerak bo‘lgan eng muhim qismlardan edi.

Bu motorlar dunyodagi eng kam yonilg‘i sarflovchilardan bo‘lmasa ham, ko‘pgina uchuvchilar orasida juda ham mashhur.

Boeingning oldingi qismi zamonaviy kabina bilan jihozlangan.

Odatiy aviakompaniyalarda Boeing 757-200 samolyoti 239 nafar yo‘lovchilarni manziliga yetkazib qo‘yadi, lekin Trampning samolyotida esa faqatgina 43 nafar yo‘lovchi o‘z manziliga yetib olishi mumkin.

Uning bortida Donald Tramp xohishidagi narsalar joylashtirilgan...

Shoyi matolar bilan bezatilgan yotoqxona.

Yotoqxonada esa katta ekranli ko‘ngilochar tizim o‘rnatilgan.

Hammomdagi moslamalar esa 24 karat-oltindan yasalgan.

Umumiy samolyotda ikkita yotoqxona va yuvinish xonasi mavjud.

Samolyotning o‘rindiqlaridagi yostiqlarda Tramp oilasining belgisi tushurilgan.

Hattoki o‘rindiq kamarlari ham 24 karat-oltindan yasalgan.

 O‘rindiqlarda shaxsiy ko‘ngilochar tizim mavjud va ular karavotlarga aylanadi.

Trampning mehmonlari uchun ham alohida joy ajratilgan. 

U yerda ovqatlanish uchun ham xona mavjud. 

Hattoki u yerda shaxsiy mehmonxona mavjud...

...boshqa ko‘ngilochar tizimlar bilan birga.

 

Barcha texnika "touch screen" orqali boshqariladi. 

Agarda siz birgalikda biron narsa tomosha qilmoqchi bo‘lsangiz, u yerda 57-dyumlik ekran bo‘lib, unda 1000dan ziyod filmlar mavjud.

Trampning 25 yoshlik Boeing samolyoti yangi bo‘lmasa ham, ajoyib transport vositasi hisoblanadi.

 

Mavzuga oid