Jahon | 00:51 / 06.11.2024
2717
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi

Kasaba uyushmlarining aksariyati keyingi to‘rt yilda ish haqini 38 foizga oshirish taklif etilgan yangi kelishuv uchun ovoz berdi.

Foto: AP Photo

Boeing zavodi ishchilari aviakonsern rahbariyatining yangi taklifini qabul qildi va qariyb 2,5 yarim oydan beri davom etib kelayotgan ish tashlashni to‘xtatdi.

Qayd etilishicha, kasaba uyushmlarining aksariyati (59 foizi) keyingi to‘rt yilda ish haqini 38 foizga oshirish taklif etilgan yangi shartnoma uchun ovoz bergan.

Avvaliga konsern ishchilar maoshini 25 foizga oshirishni taklfi qilgandi, keyinroq ushbu taklif 35 foizgacha ko‘tarildi. Kasaba uyushmalari bo‘lsa xodimlar maoshini 40 foizga oshirishni talab qildi. Aviakonsern ish tashlash boshlanishi bilan xodimlarining 10 foiz shtati qisqarishini ma’lum qilgandi — bu 17 mingga yaqin ish o‘rni demak.

Kasaba uyushmalariga ko‘ra, erishilgan kelishuv doirasida o‘rtacha xodim yiliga 119 ming dollar maosh oladi (hozirda 75,6 ming dollarni tashkil etadi).

«Bu g‘alaba. Biz boshimizni baland tutishimiz kerak. Endi vazifamiz — ishga qaytish. Oxirgi oylar barchamiz uchun qiyin kechganiga qaramay, barchamiz — bitta jamoaning a’zosimiz», — deydi kasaba uyushmalarining bosh muzokarachisi Jon Xolden. 

Boeing ishchilari 13 sentabr kuni ish tashlash e’lon qilgandi. Ular o‘z maoshlarining 40 foizga oshirilishi va 10 yil oldin bekor qilingan pensiya qayta tiklashni talab qildi. 2014 yilda bekor qilingan pensiya rejasini qayta tiklash yangi shartnomada ko‘zda tutilmagan. 

Bloomberg tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, ish tashlashlar Boeing kompaniyasiga har kuni 100 million dollar zarar keltirgan.

Mavzuga oid