Dunyo bo‘yicha arterial qon bosimidan aziyat chekuvchilar soniga oydinlik kiritildi
So‘nggi qirq yil mobaynida, dunyo bo‘yicha yuqori qon bosimidan aziyat chekuvchi insonlar soni qariyb ikki martaga ortib, 1,1 mlrd kishiga yetgan. Bu haqda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqotda so‘z yuritilgan.
Ma'lum qilinishicha, unda 1975-2015 yillar oralig‘idagi tibbiy qaydnomalar o‘rganilgan. Olimlar kelgan xulosaga ko‘ra, avvallari gipertoniya boylarning kasalligi deb hisoblangan bo‘lsa, hozirda bu xastalikdan aholining qashshoq qatlami ko‘proq aziyat chekmoqda. Bu kasallik ayniqsa, Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlari aholisida ko‘p uchramoqda. Shu bilan birga, yuqori qon bosimi bilan yashayotganlarning deyarli yarmi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tadqiqot natijasiga ko‘ra, Janubiy Koreya, AQSh va Kanada gipertoniya bilan eng kam xastalanganlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar sifatida qayd etilgan.
Biroq, olimlar, yuqori qon bosimi nima uchun aynan qashshoq mamlakatlarda muammoga aylangani sababini izohlab bera olishmagan. Ularning taxmin qilishlaricha, gap aholi iste'mol qilayotgan parhez taomda bo‘lishi mumkin. Boy davlatlar fuqarolari kunlik iste'molida meva-sabzavot mahsulotlarini ko‘proq tanovul qilishadi.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024