Jahon | 22:58 / 17.11.2016
8001
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh milliy razvedkasi direktori iste'foga chiqishga ariza berdi

Foto: © AFP

AQSh milliy razvedkasi direktori Jyeyms Klepper AQSh kongressidagi yig‘ilishda  iste'foga chiqishga ariza berganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

"Men kecha iste'foga chiqish haqida ariza berdim", deb aytgan Klepper.

Klepperning aytishicha, hozirda AQSh uning 50 yildan ko‘proq faoliyatidagi "eng jiddiy chaqiriqlarga duch kelmoqda".

Bundan tashqari, Klepperning ma'lum qilishicha, u hozirgi lavozimida ishlashiga yana 64 kun qolgan. 

Yig‘ilishda ishtirok etgan Pentagon rahbari birinchi o‘rinbosari Robert Uork AQSh mudofaa vazirligida Klepperning arizasini ko‘rishgani, biroq "uni yo‘qotib qo‘yishganini" aytib hazillashgan. "Biz, albatta, sizning qolishingizni istaymiz", deb aytgan Uork.

AQSh milliy razvedkasi direktori lavozimi 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin AQSh maxsus xizmatlari faoliyatini katta ko‘lamda isloh qilish doirasida yaratilgan edi.

 

Mavzuga oid