Dunyodagi eng mitti ilon topildi
Barbados va Nusi-Be orollarida yashovchi Tetracheilostoma carlae iloni tor og‘izlilar oilasiga mansub bo‘lib, u 2008 yilda taniqli amerikalik olim-gerpetolog Bler Xejyes tomonidan ochilgan va dunyodagi eng mitti ilon deb etirof qilinib kelinayotgandi, deb yozmoqda nat-geo.ru.
Biroq bir necha yil o‘tib Xejyes Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Martinika orolida yanada mittiroq ilonni topdi.
Bu mitti ilon Tetracheilostoma sp. nov deb nomlandi. U avvalgi rekordchi ilonning qarindoshi bo‘lib, undan anchagina kichik: yangi ilon uzunligi 6 sm dan oshmaydi. Ilon shunchalik ingichkaki, u grifeli tortib olingan qalamning ichidagi teshikdan sudralib o‘tishga qodir. Ilon nimjon va zaif bo‘lgani sababli ko‘p vaqt yer tagida yashirinib yotadi.
Bu mitti ilonning o‘zi xavf soladigan yagona jonzotlar chumolilar va termitlar hisoblanadi: ilon ularning inlarini buzib, hasharotlarning katta vakillari va qurtlarini "paqqos tushiradi".