Fransiyaning sobiq bosh vaziri praymerizning 1-turida g‘olib bo‘ldi
Fransiyaning sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon Fransiya prezidenti lavozimi uchun boshlanayotgan kurashda muhim g‘alabaga erishdi.
Fiyon 20 noyabrda "Respublikachilar" o‘ng-markaz partiyasi prezident lavozimi uchun o‘z nomzodini aniqlash uchun o‘tkazgan praymeriz – birlamchi saylovlarning 1-turida yetakchilik qildi.
62 yoshli siyosatchi o‘zining 7 nafar partiyadoshlari orasidan eng ko‘p – 44,1 foiz ovoz yig‘a oldi. Bordo meri Alen Jyuppe 28,3 foiz ovoz, Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi esa 20,9 foiz ovoz to‘play oldi.
Kelasi yakshanba, 27 noyabrda o‘tadigan 2-turda kurash faqatgina ikki yetakchi – Fiyon va Jyuppe o‘rtasida boradi.
Saylovlarda yutqazgan Sarkozi keyingi turda Fiyonni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Bu esa Fiyonning prezident lavozimiga nomzod bo‘lish uchun imkoniyatlarini yanada oshiradi.
Mavzuga oid
21:36
Fransiyada talabalar arxeologik qazish ishlari davomida 200 yillik maktubni topdi
12:10
Ukraina harbiy uchuvchilari Fransiyada tayyorgarlikni yakunladi
23:37 / 14.09.2024
Olimlar 50 ming yil g‘orda izolyatsiyada yashagan neandertallar qoldiqlarini topdi
15:24 / 12.09.2024