Sport | 00:05 / 25.11.2016
9058
3 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: Tribuna.uz o‘quvchilari YeChL 5-turining eng yaxshi golini aniqlashdi

Foto: UEFA.com

Tribuna.uz sayti Chempionlar ligasining 5-turida kiritilgan eng yaxshi golni aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma natijalari bilan tanishing:

1. Lionel Messi, 64 foiz – futbolchi Neymar tomonidan yetkazib berilgan to‘pni "Seltik" darvozasiga aniq yo‘llab, "Barselona"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

2. Jyenk Tosun, 9 foiz – "Beshiktosh" hujumchisi "Benfika"dan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgan jamoasining ajoyib "kambek" qilishiga poydevor yaratib berdi. 

3. Xose Izkerdo, 8 foiz – "Bryugge" yarim himoyachisining "Lester" darvozasiga kiritgan ajoyib goli faqatgina hisobni qisqartirdi, xolos. Yakunda jamoa 5ta uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lib, 0 ochko bilan 4-o‘rinda qolishi aniq bo‘lib qoldi. 

4. Leonardo Bonuchchi, 7 foiz – "Yuventus" himoyachisi Ispaniyaning kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan "Sevilya" maydonida turinliklarga g‘alaba olib kelgan golni ajoyib tarzda kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

5. Kristian Noboa, 5 foiz – "Rostov" yarim himoyachisi bo‘lgan ekvadorlik futbolchi jarima to‘pini aniq amalga oshirib, "Bavariya" mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan golni kiritdi. 

6. Nelsino, 4 foiz – "Benfika" yarim himoyachisi chiroyli gollarga boy bo‘lgan "Beshiktosh"ga qarshi o‘yinda ehtimol faoliyatidagi eng chiroyli golni kiritdi. 

7. Nikolas Parexa, 2 foiz – "Sevilya" himoyachisi dunyoning eng kuchli himoya chizig‘iga ega jamoalaridan biri bo‘lgan "Yuventus" darvozasiga himoyachilarga xos bo‘lmagan tarzda chiroyli gol kiritdi. 

Mavzuga oid