Jahon | 18:43 / 26.11.2016
10542
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Isroilda yong‘inlarni uyushtirganlar hibsga olindi

Foto: Ariel Schalit/AP

Isroil politsiyasi mamlakatning bir nechta shaharlaridagi turar joy mavzelarida yong‘inlarni uyushtirgan 22 kishini hibsga oldi, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda The New York Times nashri.

Jerusalem Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 26 noyabrda Binyamin okrugidagi Xalamish posyolkasidagi ko‘p qavatli uylarga o‘t qo‘yishga aloqador bo‘lganligi tekshirilayotgan ikki kishi qo‘lga olingan. 

Posyolkada yong‘in 25 noyabrda kechki payt yuzaga kelgan va ertasiga ertalab 22 o‘t o‘chiruvchi brigada tomonidan tarqalishi to‘xtatilgan. Ayni vaqtda yong‘inning asosiy o‘choqlari bartaraf etilgan.

Hammasi bo‘lib 15 ta uy yonib ketgan va 22 ta inshootga zarar yetgan. Aziyat chekkan mavzelar aholisi evakuatsiya qilingan. Yong‘in oqibatida 4 kishi jarohat olgan, ular shifoxonaga yetkazilgan.  

Isroil huquq-tartibot muassasalari mamlakatning bir necha aholi punktlarida 24 noyabrda boshlangan yong‘inlarni batafsil tergov qilmoqda.

 

Mavzuga oid