Jamiyat | 08:57 / 26.11.2016
9245
1 daqiqa o‘qiladi

Putin xavfsizlik xizmati generalini poraxo‘rlikda gumon qilmoqda

Foto: rosgvard.ru

Rossiya Federal qo‘riqlash xizmati generali Gennadiy Lopirev pora olganlikda gumon qilinmoqda. U Moskva 94-garnizon harbiy sudi tomonidan 2 oy muddatga hibsga olingan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

«Lopirevga nisbatan 23 yanvargacha bo‘lgan muddatda 2 oylik qamoqda saqlash ehtiyot chorasi ko‘rilsin», — degan sudya.

Avvalroq, FQX generali Lopirevga nisbatan poraxo‘rlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi.
 
Lopirev Sochida davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinib qo‘lga olingan. Uning xonadonidan 1 mlrd rubl miqdorida naqd pul mablag‘i topilgan. Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, u Olimpiya inshootlari uchun ajratilgan yer uchastkalari bilan firibgarliklarni amalga oshirganlikda ham gumon qilinmoqda. 
 

Mavzuga oid