Iqtisodiyot | 21:51 / 30.11.2016
8686
2 daqiqa o‘qiladi

OPeK davlatlari yanvardan boshlab neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelishib oldi

OPeKga a'zo davlatlar neft qazib olish hajmini kuniga 1,2 mln barrelga, ya'ni 32,5 mln barrelgacha qisqartirishga kelishib oldilar. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.

30 noyabrda Venada OPeK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga sentabr oxirida Jazoirda erishilgandi.  

Jazoirda oktabr oxirida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda OPeKga a'zo davlatlar neft narxini barqarorlashtirish uchun neft qazib olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelishuvga kelgandilar. Biroq keyinroq yig‘ilish ishtirokchilari neft qazib olishni cheklash bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqa olmagandilar. Shu bilan birga uchrashuvda ishtirok etgan, biroq OPeKga kirmaydigan neft qazib oluvchi davlatlar, jumladan Braziliya va Qozog‘iston 2017 yilda neft qazib olish hajmini kamaytirishni rejalashtirmayotganlarini aytishgan. 

Joriy kelishuv OPeKga kirmaydigan davlatlar ham neft qazib olish hajmini kuniga 600 ming barrelga kamaytirishini o‘z ichiga oladi.

OPeKga a'zo davlatlar 2008 yildan ilk bor neft qazib olish hajmini kamaytirishga kelisha oldilar. O‘shanda OPeK neftni kuniga 2,2 mln barrelga qisqartirishga kelisha olgandi va bu kartel tarixida eng katta qisqartirish bo‘lgan.   

 

Mavzuga oid