Janubiy Koreya prezidenti yanvarda iste'foga chiqishi mumkin
Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe ma'muriyati parlamentni mamlakat rahbarini o‘z ixtiyori bilan iste'foga chiqishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida partiyalararo muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Bu haqda uning rasmiy vakili Chjun Yon Gun ma'lum qildi. "Umid qilamizki, Milliy yig‘ilish tez orada muhokama jarayonini boshlaydi", - ta'kidlab o‘tdi u.
Avvalroq, Pak Kin Xe xalqqa yo‘llagan televizion murojaatida o‘z lavozimini tegishli siyosiy sharoitlar yaratilgach, tark etishga tayyorligini ma'lum qilgandi. “Men parlamentga kelajagimni hal qilishni taklif qilmoqdaman. Jumladan, prezidentlik muddatim ham qisqartirilishi mumkin”, - degan siyosatchi. “Hukmron partiya va muxolifat hukumatni tartibsizliklar yuzaga kelmaydigan qilib berish bo‘yicha choralarga kelishib olgach, men iste'foga chiqaman”, - ta'kidlab o‘tdi Pak Kin Xe.
Shundan so‘ng, parlamentdagi uning tarafdorlari prezidentning taklifini jiddiy o‘rganib chiqish va hukumatni berish bo‘yicha tegishli rejani ishlab chiqish lozimligini ma'lum qilishdi. Amaldorning tezda iste'foga chiqishi esa muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini yanvar oyida o‘tkazishga olib keladi. Ularning fikricha, Pak Kin Xe aprel oyida ketib, saylovlar iyun oyida o‘tkazilishi lozim. Muxolifat esa bunday harakatlarni “xalqni aldashga bo‘lgan urinish”, deya baholagan.
Ular prezident yanvar oyidayoq iste'foga chiqishini talab qilishmoqchi.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024