Putin xalqaro siyosatdagi populizm haqida fikrlarini bildirdi
RF prezidenti Vladimir Putinning bayonot berishicha, u xalqaro siyosat maydonida populizm (obro‘ qozonish maqsadida xalqqa ulkan asossiz va'dalar berish)da yaxshilik ko‘rmasligini ma'lum qildi.
"Siyosatdagi populizm har doim katta xavf soladi, chunki, odamlar orasida turli qarashlarga sabab bo‘ladi, yo keraksiz kutishlarga olib keladi, yoki aksincha, dolzarb bo‘lmagan, imkonsiz maqsadga erishish uchun haddan ortiq harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu narsa bekorga yoki zararga bo‘ladi. Shunday ekan, populizmda yaxshilik yo‘q", — deb qayd etgan Putin. U Yaponiyaning "Nippon" telekanali va "Iomiuri" gazetasiga bergan intervyusida shu haqda so‘z yuritgan.
"Bu ayni vaqtdagi siyosiy kun tartibidan kelib chiqilgan holda, oldinni ko‘ra olmaydigan, oqibatlari xususida fikr yuritmaydigan, umuman, o‘ylashni va majburiyatlarini ado qilishni xohlamaydiganlar tomonidan amalga oshiriladi", — degan prezident, yaponiyalik jurnalistlarning xalqaro siyosatdagi vaziyatni izohlashni so‘rab qilgan murojaatlariga javoban.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024