Jahon | 11:42 / 15.12.2016
21422
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi sobiq elchi Klinton maktublarini kim taqdim qilganini ma'lum qildi

Foto: AP

AQSh Demokratik partiyasi vakili, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton pochtasiga oid xabarlarni taqdim etgan. Bu haqda WikiLeaks tashkilotida faoliyat yurituvchi britaniyalik sobiq diplomat Kreyg Myurrey ma'lum qilgan.

"Ularning hech biri ruslardan kelgani yo‘q. Manba axborotni qonunan olishi mumkin edi. Hujjatlar insayderlik faoliyati sababli qo‘lga kiritildi. Kompyuterlarga xakerlik hujumlari natijasida emas", - degan Myurrey Daily Mail nashrida e'lon qilingan intervyusida.

Bir vaqtlar Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lgan sobiq diplomatning nashrga hikoya qilishicha, uning o‘zi shaxsan hujjatlarni olish uchun Vashingtonga borgan. Myurreyning aytishicha, hujjatlar qo‘ldan-qo‘lga, Amerika universitetidan uncha uzoq bo‘lmagan o‘rmonli hududda topshirilgan. 

Sobiq elchining so‘zlariga ko‘ra, manba Klinton jamg‘armasi bilan bog‘liq korrupsiya holatlarini va Klintonning demokratlar safidagi asosiy raqibi Berni Sandersga nisbatan adolatsiz munosabatini umuman qabul qila olmagan. Natijada o‘sha manba hujjatlarni WikiLeaks vakiliga berishga qaror qilgan. Bu jarayon shaxsan emas, balki vositachi yordamida amalga oshirilgan. 

Avvalroq, Myurrey o‘z saytida Rossiya Klinton elektron pochtasiga doir ma'lumotlarning oshkor bo‘lishiga umuman aloqasi yo‘qligini ta'kidlagan edi. O‘shanda u Klintonning o‘zi ma'lumotlar tarqalishiga sabab bo‘lganiga ishonch bildirgandi. Bu esa, o‘z navbatida uning saylovoldi kampaniyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan.  

 

Mavzuga oid