NBC: Putin AQShdagi saylovlarga ta'sir ko‘rsatish amaliyotiga shaxsan jalb qilingan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShdagi prezidentlik saylovlari borishiga aralashish bo‘yicha maxsus amaliyotga shaxsan jalb etilgan bo‘lishi mumkin. NBC News telekanali razvedkadagi manbalariga asoslangan holda shu haqda yozmoqda.
Telekanal xabariga ko‘ra, «katta ehtimol bilan» ta'kidlash mumkinki, Rossiya rahbari AQSh Demokratik partiyasi serverlari buzilishi natijasida qo‘lga kiritilgan ma'lumotlarni qay yo‘sinda foydalanish borasida ko‘rsatma bergan.
Qayd etilishicha, dastlab, saylovlarga ta'sir etishdan maqsad Hillari Klintonning 2011 yilgi Rossiya parlament saylovlari xususidagi so‘zlariga munosib javob berishdan iborat bo‘lgan.
Biroq, keyinchalik, manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Amerika siyosatining korrupsiyalashganligini ko‘rsatish va AQSh asosiy ittifoqchilarining undan yuz o‘girganini namoyish etish asosiy vazifa darajasiga chiqarilgan. Shu bilan bu mamlakatga global yetakchi sifatida ishonch bildirish mumkin emasligiga doir tasavvur hosil qilingan.
Avvalroq, Forbes jurnali 2016 yilning dunyodagi eng ta'sirli kishisini tanlab, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni to‘rtinchi marta shu nomga munosib ko‘rgan edi.
Mavzuga oid
13:09
Migrantlar allaqachon Rossiyadan boshqa tomonga qaramoqda – rossiyalik gubernator
12:48
Bokudagi deputat: Rossiya samolyot halokati uchun uzr so‘rashi kerak
11:53
Slovakiya RF va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar uchun platforma taklif qildi
10:31