Samarqand viloyatida un, shakar va yog‘ mahsulotlari uchun bir xil narxlar belgilangan
Samarqand viloyati hokimligi saytida har bir kishi boshiga ajratilgan me'yor asosida mahsulotlarga muayyan narxlar belgilangani xabar qilingan.
Ma'lum qilinishicha, 1 kg un — 1050 so‘m, 1 litr yog‘ — 5400 so‘m, 1 kg shakar — 4800 so‘m.
"Ammo o‘rganishlar bu borada ayrim muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu bois, viloyat hokimligi tomonidan mahalliy o‘simlik yog‘i, un va shakar mahsulotlarining barchaga bir xilda yetkazib berilishini yanada yaxshilash maqsadida iste'molchilardan bu borada taklif hamda fikr-mulohazalar bilan viloyat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining samgki@inbox.uz rasmiy elektron pochtasiga hamda 233-31-33; 233-73-54 telefon raqamlariga murojaat qilish so‘raladi", — deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024