Yangi ixcham elektrosamokat yaratildi
Elektrosamokatga ko‘p hollarda yengillik va ixchamlik yetishmaydi. Gongkong startapi bu holatlarni GoTube modelida inobatga oldi. Teleskopik rul tirgagi alyuminiydan ishlangan bo‘lib, bir juft g‘ildiraklar korpusda maxsus qoplama yordamida berkitilishi mumkin. Tsilindr tubusning hajmi 765x170x120 mm bo‘lib, transport vositasining og‘irligi esa 5,8 kilogrammga teng.
Elektrosamokat korpusi uglerod tolalaridan tayyorlangan. Unda mobil telefonni quvvatlantirishga mo‘ljallangan USB-port ham mavjud bo‘lib, rulda esa tezlikni nazorat qiluvchi taxometr joylashgan. Elektrosamokatda ikkita tezlik rejimi bor, shuningdek kechki soatlarda harakatlanishda yordam beruvchi maxsus yorug‘lik taratish tizimi bor.
Ayni damda elektrosamokat 299 AQSh dollariga taklif etilmoqda. Biroq, erkin savdolarda uning narxi 499 dollar bo‘lishi kutilmoda. GoTube buyurtmachilarga 2017 yilning mart oyidan boshlab yetkazib beriladi.