ShHTning 15 yilligi munosabati bilan xalqaro marafonga start berildi
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov 17 dekabrda tashkilotning 15 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro marafonga start berdi. Musobaqalar Xitoyning Kunmin shahrida, Dyanchi ko‘lining xushmanzara sohili bo‘yida o‘tmoqda.
ShHTga a'zo davlatlar elchilari va vakillari masofaning 200 metrini yugurib o‘tishgan. Ulardan har biri o‘zining start beruvchi to‘pponchasidan musobaqalarning boshlanishiga ramziy signal berishgan.
Umumiy hisobda marafonda 15,6 mingga yaqin kishi ishtirok etadi, ulardan aksariyati professional sportchilardir. Avval marafon tashkilotchilari ma'lum qilganidek, marafon ShHTning geografik doiralaridan ancha yiroqqa chiqib ketdi: unda sayyoramizning 4 ta qit'asidagi 23 ta davlatdan ishtirokchilar qatnashmoqda.
Musobaqalar doirasida 42, 21, 10, 5 va 1 km lik masofalarga yugurishlar o‘tkaziladi. 42 km lik to‘liq marafonni 2,8 mingdan ko‘proq kishigina yugurib o‘tadi. Ishtirokchilar orasida Keniya va Efiopiyadan jahon darajasidagi sportchilar, jumladan to‘liq marafonda eng yaxshi ko‘rsatkichlardan birining egasi, keniyalik Jonston Mayo ham bor. Birinchi o‘rin uchun mukofot 40 ming dollarni tashkil qiladi.
Ishtirokchilar va tomoshabinlarning salomatligi ortidan 3,2 ming shifokor va bir nechta tez yordam brigadalari kuzatuv olib borishmoqda. Bundan tashqari, musobaqalarning o‘tkazilishiga minglab volontyorlar jalb qilingan. Xavfsizlikni 12 ming politsiyachi ta'minlamoqda.
Ma'lumot uchun, ShHTga 2001 yilda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoy yetakchilari tomonidan asos solingan. Ayni vaqtda unga 8 davlat: O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Pokiston va Hindiston a'zo, 4 ta davlat: Afg‘oniston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023