Namangan infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi hukumati 2017-2019 yillar uchun Namangan shahar yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqida Norma.uz'da xabar berildi.
Vazirlar mahkamasi qarori bilan Namangan shahrining kapital ta'mirtalab ko‘chalari ro‘yxati, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi - suv ta'minoti, kanalizatsiya, elektr ta'minoti, gaz ta'minoti va telekommunikatsiya tizimlari qurilishi va rekonstruksiya bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmi tasdiqlandi.
Kapital ta'mirlov ishlari "Namangan hokimiyatining "Yagona buyurtmachi xizmati" muhandislik kompaniyasi" zimmasiga yuklatildi. Ko‘chalarni kapital ta'mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bosh loyiha tashkiloti - "Yo‘l-loyiha byurosi" MChJ.
Namangan shahrining suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilishga doir loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyiha tashkilotlari, shuningdek obektlar bo‘yicha bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tanlov natijalari asosida aniqlanadi.
Qurilish-ta'mirlash ishlari Moliya vazirligi qoshidagi Respublika yo‘l jamg‘armasi, mahalliy byudjyet, kapital sarmoya vositalari, shuningdek "O‘zbekenergo" AJ, "O‘ztransgaz" AK va "O‘zbektelekom" AK tomonidan moliyalashtiriladi.
Loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasi va obektlardagi qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati nazorati Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024