Jahon | 09:37 / 21.12.2016
6305
2 daqiqa o‘qiladi

Gambiya prezidenti iste'foga chiqishdan bosh tortdi

Foto: Google image

Gambiya prezidenti Yayya Jamme o‘z mandati yakuniga yetganidan so‘ng iste'foga chiqishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Reyter agentligi.

"Men qo‘rqoq emasman. Mening huquqlarimni buzish mumkin emas. Bu mening pozitsiyam. Allohdan boshqa hech kim mendan g‘alabani tortib ololmaydi", - deya ma'lum qilgan Jamme.

"Men o‘z vazifamdan ketmayman", - qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq, BMTning G‘arbiy Afrika bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Ibn Chambas Gambiya prezidenti hukumatda 19 yanvar kuni yakuniga yetadigan mandatidan so‘ng ham qolsa "jiddiy sanksiyalarga" duch kelishi haqida ma'lum qilgandi.

Gambiyadagi prezidentlik saylovlari 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, muxolif Gambiya Birlashgan demokratik partiyasi nomzodi Adama Barrou saylovchilarning 45,5 foiz ovozini qo‘lga kiritdi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Yayya Jamme esa 36,7 foiz ovoz olgan.

Jamme saylov natijalarini tan olmasligi hamda bu jarayondagi jiddiy qonun buzilishlaridan ranjiganini ma'lum qildi. Gambiya prezidenti natijalarga Yuqori suddagi saylovlarda qarshi chiqmoqchi. Ta'kidlanishicha, Gambiyada hozirgi kunda Yuqori sudning o‘zi yo‘q. Ittifoq esa prezidentda o‘z muddatining so‘nggi kunlarida uning arizasini ko‘rib chiquvchi yangi sudyalarni tayinlash uchun konstitutsion huquq yo‘qligini ma'lum qilgan.
 

Mavzuga oid