Jahon | 18:46 / 23.12.2016
8056
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyaning olib qochilgan samolyotidan 65 kishi ozod etildi

Foto: Reuters

Malta bosh vaziri Jozef Muskat Liviyaning olib qochilgan samolyotidan 65 kishi ozod etilganini xabar berdi. U bu haqda Twitter'dagi sahifasida ma'lum qilgan.

Asirlar ikki guruhga bo‘lingan holda ozod qilingan. Birinchisida 25 kishi bo‘lgan. Layner garovga olinganda esa bortda hammasi bo‘lib 111 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bor edi.

Avvalroq, garovga oluvchilar Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Sayfulislomni qamoqdan ozod qilish talabini qo‘ygani xabar qilingandi.

Mavzuga oid