Jahon | 17:07 / 24.12.2016
32740
2 daqiqa o‘qiladi

Qotil Oltintoshning qo‘shnilari: U juda yaxshi yigit edi

Foto: AP

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning qotili 22 yoshli Mevlud Oltintosh din bilan qattiq qiziqmagan. Bu haqda Reuters Oltintosh oila a'zolari va uning qo‘shnilariga asosan xabar bermoqda.

«U politsiyachi bo‘lganidan so‘ng, duolarga ko‘proq e'tibor bera boshladi va yopiq insonga aylandi», - deya aytib o‘tdi terrorchining otasi.

Uning ta'kidlashicha, Oltintosh avvaliga dinga e'tiborsiz bo‘lgan va zamonaviy hayot kechirgan.

Terrorchini yaxshi bilgan ayolning Reuters’ga xabar berishicha, unga qoyil qolgan.

«U juda yaxshi yigit edi. Politsiya ularning uyiga kelganda, biz u xizmatda o‘ldirildi, deb taxmin qildik hamda ular uning sharaf bilan halok bo‘lgani haqida aytish uchun kelishgan, deb o‘yladik», - deya qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq, turk OAV Metr Oltintoshning mehmonxonadagi xonasida o‘tkazilgan tintuv davomida “Al-Qoida” terrorchilik guruhi va muxolif islom dini targ‘ibotchisi Fathulloh Gulenning FETO tashkiloti kitoblari topilgani haqida xabar bergandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham terrorchi Gulenning tarafdorlari bilan aloqada bo‘lganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov 19 dekabr kuni kechqurun Anqaradagi zamonaviy san'at Markazida tashkil etilgan fotoko‘rgazmada nutq so‘zlayotganda otib o‘ldirilgandi.

Mavzuga oid