Eron Boeing bilan katta chegirmaga kelishib oldi
Eron hukumati Boeing kompaniyasi bilan 16,6 mlrd dollarlik shartnomaning yarim qiymatini to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishganini ma'lum qildi. Bu haqda International Business Times xabar bermoqda.
"Boeing kompaniyasi uning Iran Air bilan shartnomasi 16,6 mlrd dollar turishini aytdi. Biroq buyurtmamiz xarakteri va uning tanlov imkoniyatini hisobga olib, 80 ta samolyotning narxi shartnomadagi kelishuvning 50 foizga yaqinini tashkil qiladi", deb aytildi Eron transport vaziri o‘rinbosari Akrap Faxriye-Kashan bayonotida.
Nashrning yozishicha, Iran Air shuningdek Yevropaning Airbus kompaniyasi bilan ham samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. 100 ta samolyotning yetkazib berilishiga kelishuv o‘tgan haftada rasmiylashtirildi. Samolyotlar orasida 46 ta A320, 38 ta A330 va 16 ta A350 XWB modellari bor. Kompaniyada ma'lum qilinishicha, samolyotlar 2017 yil boshidan yetkazib berila boshlanadi.
Mavzuga oid
09:43 / 10.01.2025
Livanda nihoyat prezident saylandi. Bu Eronga yana bir zarba
17:05 / 09.01.2025
G‘arb servislariga va muxolifatga ruxsat. Eronda «iliq» davr boshlandimi?
21:36 / 07.01.2025
Eronda 2024 yilda qariyb ming kishi qatl etildi
15:34 / 03.01.2025