Afg‘oniston armiyasi 21 nafar "Tolibon" jangarisini yo‘q qildi
Afg‘onistonning shimolidagi Logar provinsiyasida harbiy aviazarbalar natijasida kamida 21 nafar "Tolibon" radikal harakati jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqida bugun, 2 yanvar kuni Sinxua agentligi Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi bergan ma'lumotga asoslanib, xabar berdi.
"Yakshanba kuni kechqurun Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari harbiy razvedka ma'lumotlarini olgandan so‘ng Logar provinsiyasidagi Charx tumanida "Tolibon" radikal harakat jangarilari pozitsiyasiga harbiy aviazarbalar hujumini amalga oshirdi, - deyiladi hujjatda. - Reydlar davomida kamida 21 kishi, shu jumladan ikki nafar harakat qo‘mondoni halok bo‘lgan".
Bundan tashqari, operatsiya natijasida radikallarning qurol-aslahalari yo‘q qilingan.
Manbaga ko‘ra, "Tolibon" harakati jangarilari qurbonlarga oid ma'lumotlarni tasdiqlamagan.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024
“Tolibon” davlatchilikni qanchalik uddalayapti?
12:46 / 10.09.2024