Jamiyat | 12:38 / 07.01.2017
7258
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda erkak 21 yil avval sodir etgan jinoyati uchun qo‘lga olindi

Foto: AP

Xitoyda erkak 21 yil avval qurolli o‘g‘irlik sodir etishda ishtirok etgani uchun hibsga olindi. Bu haqda China Daily xabar bermoqda.

Hodisa Guanchjou shahrida 1995 yilning 22 dekabr kuni yuz bergan. O‘shanda Chen Syuymin ismli jinoyatchi va uning to‘rt nafar hamtovog‘i banklardan birining oldida turgan inkassatorlik avtomobiliga hujum qilib, qo‘riqchini otib o‘ldirishgan. Shundan so‘ng ichida taxminan 2,18 million AQSh dollari bo‘lgan transport vositasi olib qochib ketilgan.

Politsiya bir necha hafta o‘tib Syuyminning to‘rt nafar jinoiy sherigi, shuningdek inkassatorlarga qurol ishlatgan holda hujum qilishga aloqador bo‘lgan 10 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Ulardan yettita to‘pponcha, deyarli 300 ta o‘q, 20 dan ortiq qo‘lbola granata va o‘marilgan mablag‘ning topilgan. Biroq Chen Syuyminni qo‘lga tushira olishmagan. Uni qidirishga 3,5 ming politsiya xodimi jalb etildi, ishlar qo‘shni viloyatlarda ham o‘tkazilgan.

China Daily gazetasining Guanchjou shahar jamoat xavfsizligi boshqarmasiga asosan xabar berishicha, Syuymin payshanba kuni Yunnan viloyatidagi bozorda qo‘lga olingan. Erkak Guanchjouga olib kelindi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, u o‘z ismini o‘zgartirgan hamda plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

Jinoyatchi o‘z aybiga iqror bo‘lgani aytilgan.

Mavzuga oid