Jahon | 20:14 / 09.01.2017
5927
2 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton Nyu-York meri lavozimiga nomzodini qo‘ymoqchi emas

Foto: Reuters

AQSh prezidentligi uchun saylovlarda demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan Hillari Klinton Nyu-York meri lavozimiga nomzodini ilgari surishi haqidagi xabarlar inkor etildi. Bu haqda siyosatchining yaqin dugonasiga asoslangan holda The Independent xabar bergan.

Xabarda yozilishicha, Klinton xonim bundan keyin rahbarlik lavozimlari uchun saylovlarda ishtirok etmoqchi emas.

«Men u qachondir rahbarlik lavozimi uchun saylovda qatnashadi deb o‘ylamayman. Menimcha, endi uning ishi bolalarga va muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘ladi. Bu u umri bo‘yi qilib kelgan ish», — degan u.

Bundan oldingi xabarlarda Hillari Klinton Nyu-York meri lavozimiga nomzodini qo‘yishi mumkinligi, nyu-yorklik ko‘plab demokratlar Hillarini shahar yetakchiligi uchun kurashga qo‘shilishga chaqirayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Hozirda shaharni Bill de Blazio boshqarmoqda, uning vakolati 2017 yilda nihoyasiga yetadi. Blazio va Klinton o‘rtasida tig‘iz aloqalar bo‘lgan, biroq mer prezidentlik saylovida Hillarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortganidan so‘ng yomonlashgandi.

Mavzuga oid