Fan-texnika | 15:17 / 09.01.2017
5419
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen'ning sobiq menejyeri qo‘lga olindi

AQSh Federal qidiruv boshqarmasi (FQB) Volkswagen menejyeri Oliver Shmidtni qo‘lga oldi. U firibgarlikda gumon qilinmoqda. The New York Times shu haqida xabar berdi

Manbaga ko‘ra, AQShda 2014-2015 yillarda Volkswagen'ning normativ talablarga rioya qilish bo‘limiga rahbarlik qilgan menejyer 7 yanvar kuni Floridada qo‘lga olingan. Nashrda ma'lum qilinishicha, Shmidt Detroytda sud oldida javob beradi. 

Oliver Shmidt

Bundan tashqari, sobiq menejyerning qo‘lga olinishi "dizelgeyt" bo‘yicha tergov ishining jadallashuvini bildiradi. Nyu-York va Massachusets prokurorlarining kompaniyaga qarshi ochgan ishiga oid hujjatlarga ko‘ra, janob Shmidt zararli chiqindilar haqidagi ma'lumotlarni soxtalashtirishni yashirishga urinishda muhim rol o‘ynagan. 

Mavzuga oid