Jahon | 08:00 / 11.01.2017
20539
1 daqiqa o‘qiladi

CNN: Rossiya Trampga qarshi hujjat to‘plagan

Foto: Reuters

Rossiyaning Amerika prezidentlik sayloviga aralashganiga doir AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga berilgan hujjatlar tarkibida Tramp haqida to‘plangan dalillar ham bor. Rossiya razvedkasining ushbu hujjatlari haqida CNN telekanali Vashingtondagi ismini oshkor qilmagan manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda

Xabar qilinishicha, mazkur dalillar to‘plami ikki sahifadan iborat bo‘lgan va AQSh maxsus xizmatlarining hisobotiga qo‘shilgan. Telekanal manbasining ta'kidlashicha, Rossiya «agentlari» deb nomlanuvchi josuslar Tramp haqidagi shaxsiy va moliyaviy ma'lumotlarning barchasini bilgan. 

Telekanalga ko‘ra, to‘plamdagi ma'lumotlarning bir qismi Britaniya razvedkasining sobiq xodimi tomonidan yozilgan bo‘lib, AQSh maxsus xizmatlari uni ishonchli manba deb hisoblashadi. 

Mavzuga oid