Server Jyeparov taqiq sabab yarim mavsum futbol o‘ynay olmasligi mumkin
Ikki hafta muqaddam Tehronning «Istiqlol» klubi bilan shartnoma imzolagan Server Jyeparov yangi jamoasida muammolarga duch keldi. Bu haqda Tribuna.uz nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tehronliklar jamoaning germaniyalik sobiq futbolchisi Odil Chixiga shartnomada ko‘rsatilgan pulni to‘liq to‘lashmagan uchun FIFA yanvar oyidagi transfer paytida «Istiqlol» klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash borasida qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, «Istiqlol» qaror yuzasidan apellyatsiya berish huquqiga ham ega bo‘lmaydi.
«Istiqlol» yanvarda Server Jyeparov va Andranik Teymuryan bilan shartnoma imzolashga ulgurgandi. Biroq endilikda jamoa bu futbolchilarni Eron chempionati va OChL musobaqalarida ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Jyeparov «Istiqlol» bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagandi.
Mavzuga oid
20:12
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
09:19
Netanyahu BMTda Eronga Isroilning «qo‘li uzunligi» bilan tahdid qildi
12:10 / 26.09.2024
Tramp Eron tomonidan o‘ldirish tahdidlari haqida ogohlantirildi
21:24 / 25.09.2024