Samarqandlik yosh oila uch farzanddan so‘ng uch egiz ko‘rdi
Sog‘lom farzand kelajak poydevoridir. Yetilib kelayotgan har bir yosh avlod Vatanning, jamiyatning yanada mustahkamlash bo‘lishiga zamin yaratadi. Sog‘lom ona va sog‘lom bola kamoloti O‘zbekistonda siyosiy darajaga ko‘tarilgan mavzulardan biridir. Zero sog‘lom onadan, albatta, sog‘lom bola dunyoga keladi.
Samarqand viloyatining Urgut tumanidan, hozirda poytaxtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Mamatov Baxtiyor va uning rafiqasi To‘rayeva Dilso‘zlarning oilasida 2016 yilning 15 sentabri o‘zgacha keldi. Yosh oilada uch nafar egizak dunyo yuzini ko‘rdi. Bu bir hayrat, ammo har ikkisi 28 yosh bo‘lgan oilaning bundan oldin ham uch nafar farzandi bor edi. ayni damda olti nafar farzandning barchasi sog‘lom voyaga yetmoqda.
“Bizning uch nafar farzandimiz bor edi. Yaxshi niyatla yana bir o‘g‘il farzand ko‘rishni maqsad qilgan edik”, deydi Mamatov Baxtiyor. “Ammo Yaratganning inoyati ekan, bizga uch nafar egiz farzand tuhfa etdi. Ayni damda farzandlarimning ham, onasining ham ahvoli yaxshi. Egizlarning kattasiga Birinchi Prezidentimizga nisbatan hurmat va ehtirom tufayli, qolaversa, farzandim ulg‘ayib, u kishidek vatanparvar, jasur, ilmli kishi bo‘lib yetishishi uchun yaxshi niyatla Islomjon deya ism berdik. Ikkinchi va uchinchi egizlar qiz bo‘ldi. Ularning biriga Imona, ikkinchisiga esa Imrona, deya ism qo‘ydek”.
Darvoqe, ushbu baxtiyor otaning to‘ng‘ich farzandi Layloning yoshi 9 da. Ikkinchi farzandi Amrjon 7 ga qadam qo‘ydi. Yasinabonu esa 5 ni qarshiladi.
Dunyo mo‘'jizalarga boy. Yaratganning ne'mati bisyor. Ushbu baxtiyor oilaga qarab havas qiladiganlar ko‘p. Umid qilamizki, ushbu jajji bolajonlar kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishadi, o‘z eli, o‘z xalqi xizmatida, qolaversa, ota-ona xizmatida kamarbasta bo‘lishadi.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024