Jamiyat | 13:53 / 01.02.2017
28163
1 daqiqa o‘qiladi

Mandarinlar nimasi bilan xavfli: kutilmagan ma'lumot

Mandarinlarni ko‘p iste'mol qilish bolalar sog‘lig‘iga katta ziyon yetkazishi mumkin. Bu haqida Feel Good nashri xabar berdi. 

Mandarin tarkibida limon kislotasi ko‘p miqdorda bo‘ladi, bu ovqat hazm qilish tizimiga zararlidir. Bu meva allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin, shuningdek jigar, ichaklar va oshqozonda yallig‘lanish jarayonlarini avj oldirishi mumkin. U hattoki surunkali kasalliklarni ham keltirib chiqaradi. 

Shu bois olimlar ushbu mevani bolalar hamda turli bosqichlardagi gepatit va nefrit bilan kasallangan bemorlarga tavsiya qilishmaydi. 

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mandarin yeyishdan oldin biror narsa iste'mol qilish kerak, masalan, banan.

Mavzuga oid