Shavkat Mirziyoyev «Toshkent metallurgiya zavodi» qurilishi bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida bunyod etiladigan «Toshkent metallurgiya zavodi» xorijiy korxonasi qurilish loyihasi bilan tanishdi.
Loyiha qiymati 278 million yevroni tashkil etgan mazkur korxonaning ta'sischisi Buyuk Britaniyaning Quality Trade Supplies L.P. kompaniyasi hisoblanadi.
Umumiy yer maydoni 100 gektardan iborat bo‘lgan korxonaning qurilish ishlari 2 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Zavodga Italiya, Germaniya, Avstriya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan ilg‘or va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Korxonada avtomobillarga kuzov ishlab chiqarish uchun metall listlar, qurilishda ishlatiladigan turli metall cherepitsalar, profnastil hamda maishiy texnikalar uchun metall listlar tayyorlanadi. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, yiliga 500 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarilishi, 1000 dan ziyod ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Prezident ushbu korxona qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. Mazkur metallurgiya zavodining mamlakat iqtisodiyoti rivojidagi o‘rniga to‘xtalib, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi. Pudratchi va quruvchilar bilan suhbatlashdi, ushbu mas'uliyatli ishda ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va sohaga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida mazkur korxona uchun mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
07:53 / 28.09.2024
Tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi
19:41 / 27.09.2024