Eronga 2017 yilning yozida 2 milliard dollar investitsiya kiritilishi mumkin
Fransiyaning Total neftgaz kompaniya rahbari Patrik Puyanne Eronga 2 milliard dollar investitsiya kiritish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Mablag‘lar joriy yilning yoz oylarida mamlakatda joylashgan dunyodagi eng yirik Janubiy Pors gaz konini rivojlantirishga yo‘naltirilishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Biroq Puyannening aniqlik kiritishicha, Eronga AQSh tomonidan yangi sanksiyalar kiritilsa, kompaniya o‘z investitsiyalardan voz kechadi.
«Biz Eron bilan yadro kelishuvi bo‘yicha bitimni nazarda tutgan holda gaz loyihasiga shartnoma imzolaymiz. Biroq agarda sanksiyalar yana tiklansa, bu mamlakat bilan ishlay olmaymiz», - deya aytib o‘tdi kompaniya rahbari.
Avvalroq Total Braziliyadagi konlarni rivojlantirishga 2,2 milliard AQSh dollari yo‘naltirmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
14:15 / 06.11.2024
Eron: Agar Isroil sulhga rozi bo‘lsa, Tehronning javobi o‘zgarishi mumkin
19:40 / 05.11.2024