IIV Toshkentdagi dahshatli YTH bo‘yicha rasman ma'lumot berdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Unda aytilishicha, tumandagi "Yangi shahar" va "Yangi Yunusobod" ko‘chalari chorrahasida haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan B.M. boshqaruvidagi "Spark" rusumli mashina, 1989 yilda tug‘ilgan I.I. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ushbu hodisa natijasida 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan va 4 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasiga "Spark" avtomashinasi haydovchisi "Yo‘l harakati qoidalari" talablarini qo‘pol ravishda buzib chorrahaga katta tezlikda kirib kelganligi oqibatida yo‘l transport hodisasi kelib chiqqanligi aniqlandi, deyilgan xabarda.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani haqida aytilgandi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024