Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif uyushtirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida o‘zining saylovoldi dasturida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi mo‘ljallangan.
Prezident o‘tgan yilning dekabrida ham ushbu viloyatda bo‘lib, viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan, sessiyada Navoiy viloyati sobiq hokimi Erkinjon Turdimov viloyatning yangi hokimi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024