Jamiyat | 15:53 / 13.02.2017
41218
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yaxshi va yomon yo‘llar qayerda joylashgan?

Yo‘llar – dunyoning istalgan davlatidagi hayot sifatining eng muhim ko‘rsatkichidir. Yo‘l qoplamasi bilan bog‘liq muammolarni hal etishga kompleks yondashuv davlatga yanada kuchliroq bo‘lish imkonini beradi, chunki tomirlar bo‘ylab qon qanchalik tezlik bilan aylansa – butun organizm shunchalik ko‘p quvvat oladi. Afsuski, ko‘plab davlatlarda bunday konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha bir qancha o‘ziga xos muammolar mavjud. 

Kun.uz quyida dunyodagi eng yomon va yaxshi yo‘llar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etadi.

O‘lim yo‘li

Boliviya
Boliviyadagi o‘lim yo‘li The North Yungas Road – sirpanchiq va loyga to‘ladir. Har yili bu o‘ta tor yo‘lda (ikkita avtomobil bir vaqtning o‘zida sig‘maydi) 500ga yaqin kishi halok bo‘ladi.

M56 «Lena»

Rossiya
Rossiyadagi M56 trassasining uzunligi 1235 kilometr. U dunyodagi eng loyli va noqulay yo‘l hisoblanadi. Federal miqyosdagi trassada asfalt bir necha qismga yotqizilgan bo‘lib, «Lena»ning aksariyat qismi haydovchining qo‘rqinchli tushiga o‘xshaydi.

Stelvio dovoni

Italiya
Stelvio dovonidagi yo‘l unchalik qo‘rqinchli tuyulmasligi mumkin, biroq shamol hattoki yuk mashinasini ag‘darib yuborishiga qodir bo‘lgan bu yer kamdan-kam insonga yoqadi. Atigi 3 kilometrlik yo‘l haydovchilarga jiddiy noqulayliklar keltirib chiqaradi: keskin burilishlar, sifatsiz yo‘l qoplamasi va shamol huddi shahar poygalarida ishtirok etayotgandek tasavvur uyg‘otadi.

Panamerika shossesi

AQSh
Bu xayvey barcha qismlarida juda xavfli: siz Alyaskadan Janubiy Amerikaga qadar 70 ming kilometrni bosib o‘tishingiz mumkin va bunda albatta qandaydir muammolar kelib chiqishi tabiiy. Yo‘lning ko‘p qismlari juda ayanchli ahvolda. Bu nafaqat mahalliy xizmatlar aybi bilan, balki doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi ob-havo tufayli ham yuz beradi.

Sichuan-Tibet yo‘li

Xitoy
Har 100 ming kishidan 7 500 nafarining o‘limiga sabab bo‘ladi. Shunday ko‘ngilsiz statistikadan so‘ng dunyodagi eng xavfli yo‘l barchani tashvishga solishi shubhasiz – kutilmaganda ro‘y beruvchi ko‘chkilar, qor ko‘chkilari va o‘zgaruvchan ob-havo, bularning bari shu yerda kuzatiladi.

Buyuk Okean yo‘li

Avstraliya
Buyuk Okean yo‘li qirg‘oq bo‘ylab cho‘zilgan bo‘lib, haydovchiga go‘zal tabiat manzalaridan bahra olish imkonini beradi. Xayveyning yuzasi esa unchalik yaxshi emas, biroq qulaylik va xavfsizlik yuqori darajada.

Dubay

BAA
Dubay yo‘llari alohida tahsinga loyiq. Avtomagistrallar Germaniyadan olib kelingan texnologiyalar bo‘yicha quriladi. Ko‘p yarusli trassalar esa dunyoning barcha yeridan kelgan eng yaxshi muhandislar va arxitektorlar tomonidan loyihalashtirilgan. 

Singapur

Singapur – Osiyo ajdahosidagi haqiqiy marvariddir. Shahar-davlat yo‘llarni ajoyib holatda saqlash uchun juda ham katta mablag‘lar sarflaydi va har yili dunyodagi eng yaxshi yo‘llar ro‘yxatidan joy olib keladi.

Lissabon

Portugaliya
Portugaliya poytaxti Lissabon reytingning yuqorisidan joy olgani bejiz emas. Portugaliyaliklar yo‘llar sifati bo‘yicha hattoki nemislarni ham ortda qoldirishdi.

Parij

Fransiya
Parij dunyodagi eng yaxshi yo‘llar maskani sanaladi. Fransiyaning boshqa hududlarida ham siz texnik xizmatni bemalol chaqirishingiz mumkin va u tezda yetib keladi. Mamlakatdagi hattoki bepul yo‘llar ham juda sifatli yo‘l qoplamasiga ega.

 

Mavzuga oid