Toshkentda yana bir dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi
Toshkent shahrida navbatdagi dahshatli avtohalokat sodir bo‘ldi, yaxshiyamki, bu safar hech kim jabrlanmagan, qurbonlar yo‘q.
YTH sobiq Tuzel mavzesida "Rohat" aylanasiga yaqin yo‘lda ro‘y bergan. Hodisaga doir suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, VAZ avtomobili belgilanmagan joyda qayrilib olishga uringan. U qayrilayotgan vaqtda boshqa bir avtomashina katta tezlikda kelib urilgan. Buning oqibatida anchagina eski VAZ bo‘laklanib ketgan. YTHda hech kim jabrlanmagan, Jiguli egasi shifoxonaga olib ketilgan.
Qizig‘i shundaki, ko‘plab foydalanuvchilar, qoidabuzarlikka e'tibor qaratish o‘rniga bu kabi suratlarning ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lishiga salbiy fikrlarini bildirgan. Ularga ko‘ra, bunday suratlarni oshkor qilish yaxshi emas.
Biroq, ayrimlar shu kabi suratlardan ijtimoiy bannerlar ishlab chiqish va ularni katta yo‘llarning yoqalariga joylashtirish fikrini ilgari surishgan. Balki shu narsa YHQga rioya qilmaydigan va tezlik cheklovlariga amal qilmaydiganlarga biroz bo‘lsa-da amaliy ta'sir qilsa.
Hozircha, IIV YHXBB matbuot xizmati bu hodisa haqida xabar qilgani yo‘q.
Mavzuga oid
12:20
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
19:10 / 27.09.2024
Toshkentda erkak shifokor muolaja paytida ayol mijozini o‘pib olgani uchun jazolandi
16:27 / 27.09.2024