Jamiyat | 12:00 / 20.02.2017
6351
2 daqiqa o‘qiladi

Tailandda budda rohiblarining politsiya bilan to‘qnashuvi sodir bo‘ldi

Taylandning Vat Txammakay budda ibodatxona majmuasida politsiyachilar va rohiblar o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi. Bu haqda "Kxom Chat Lik" gazetasi xabar qilmoqda.

Rohiblar 20 fevral kuni ertalab ibodatxona darvozalaridan birining qarshisidagi politsiyachilardan iborat jonli devorni yorib o‘tishga urinishgan. Huquq-tartibot idoralari rohiblar va korrupsiya hamda firibgarlik yo‘li bilan taqdim etilgan ehsonlarni o‘zlashtirishda gumon qilinib, qidiruvga berilgan ibodatxonaning sobiq rahbari Pxra Txammachayoni namoyishchilar hujumidan himoya qilishlari talab etilgan. Pxra 40 million dollar mablag‘ni o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanmoqda. 

O‘tgan haftada minglab politsiyachilar 400 gektar maydondagi ibodatxona hududini tintuv qilishga yuborilgan edi. Buning uchun ikki kun sarflangan. Biroq, juftakni roslagan bosh rohib majmua hududida topilmagan. 

20 fevral kuni hukumat tintuvni osonlashtirish uchun ibodatxonani elektrenergiyasi va ichimlik suv manbaidan uzib qo‘yishlarini ma'lum qildi. Maxsus tergov departamenti xodimlarining fikricha, Pxra Txammachayo hamon ibodatxona hududida yashirinmoqda. 

1972 yilda Pxra Txammachayo tomonidan asos solingan Txammakay nomli Budda dini oqimining mamlakatdagi izdoshlari o‘z yetakchilarini himoya qilish maqsadida ibodatxona tomon kelishmoqda. 

Mavzuga oid