Turkiya-Suriya chegara devorining yarmi qurib bitkazildi
Turkiya hamda Suriya chegarasidagi beton devor qurilish ishlarining yarmi nihoyasiga yetdi. Bu haqida Turkiya uy-joy agentligi rahbarining so‘zlariga asoslanib, DailySabah xabar berdi.
Turkiyaning TOKI uy-joy qurilish agentligi prezidenti Ergun Turanning aytishicha, Suriya bilan chegaradagi 511 kilometrli chegara devorining yarmi qurib bitkazilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar Turkiyaning Shonliurfa, Gaziantep, Kilis, Xatay, Mardin va Shirnak provinsiyalari bo‘ylab o‘tgan chegara devorining 290 kilometri qurib bo‘lingan.
"Qolgan 221 kilometrning qurilish ishlari davom etmoqda, biz uni imkon qadar tezroq nihoyasiga yetkazamiz", - qo‘shimcha qildi u.
Turkiya 2011 yildan beri fuqarolik urushi qamrab olgan 900 kilometr masofani Suriya bilan bo‘lishadi.
Qurilish TOKI agentligi hamda Mudofaa va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
21:17 / 30.09.2024
Italiya va Shveytsariya muzliklar erishi tufayli chegaralarini o‘zgartirdi
21:48 / 28.09.2024
YeI davlatlari chegaralarda yangi biometrik tizimning joriy etilishiga tayyor emas - FT
14:00 / 27.09.2024