O‘zbekiston | 14:49 / 07.03.2017
7643
1 daqiqa o‘qiladi
Nukusda yo‘lovchilar plastik karta orqali avtobus va yo‘nalishli taksilar uchun 20ta jyeton olishi mumkin
1 martdan boshlab Nukus shahrida avtobus va yo‘nalishli taksilar uchun jyetonlar chiqarilishi haqida xabar berilgandi.
Kruz.uz’ning yozishicha, jyetonlar kutilganidek birinchi emas, balki uchinchi martdan boshlab chiqarilgan.
Xabarda aytilishicha, Nukus shahri “Dehqon bozori” avtoturargohida jyetonlar sotuvi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir yo‘lovchi plastik karta orqali 20 ta jyeton olishi mumkin. Bir jyeton yo‘l haqi 800 so‘m miqdorida sotilmoqda.
Yo‘nalishli taksilar uchun chiqarilgan jyetonlar kulrang rangda bo‘lib, uning old tomonida “Damas” avtomobilining, orqa tarafida esa Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san'at muzeyining surati aks ettirilgan.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
20:48 / 10.09.2024
Toshkentda konduktor mast holda bo‘lgan shaxsni kuch ishlatib avtobusdan tushirib yubordi
11:05 / 08.09.2024
Samarqandda shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusida yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi
10:33 / 08.09.2024