Prezident Buxoroda Toshkent islom universiteti fakultetini ochishni taklif qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi davomida buyuk alloma Bahouddin Naqshband me'moriy majmuini ziyorat qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
«Eski tuzum davrida bu muqaddas maskan xarob bo‘lib qolgan edi. Istiqlol yillarida milliy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarimizni, tarixiy obidalarimizni tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1993 yilda Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi munosabati bilan mazkur ziyoratgoh ta'mirlandi. Majmuadagi daxmalar, maqbaralar, masjidlar, ayvonlar va madrasaning haqiqiy qiyofasi tiklanib, qutlug‘ qadamjoga aylantirildi», deyilgan xabarda.
Taomilga binoan Bahouddin Naqshbandning ruhi poki haqiga Qur'on tilovat qilingan.
Prezident mazkur yodgorlik majmuasini yanada obod maskanga aylantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar bergan.
«Buxoroning jahon sivilizatsiyasi va islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Bu zaminda ko‘plab allomalar tavallud topgan va yashagan. Ularning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish uchun bu yerda Toshkent islom universitetining maxsus fakultetini tashkil qilish kerak», degan davlat rahbari.
Mavzuga oid
18:24
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38
Buxoroda cho‘ldan saksovul sindirib olib ketayotganlarga 40 mln so‘m jarima qo‘llandi
13:11 / 18.11.2024
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54 / 18.11.2024