Prezident tashrifi davomida Buxoroning Peshku tumanidagi amaldorlar ishdan olindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi vaqtida Peshku tumanida rahbar amaldorlarni lavozimidan ozod etgan.
«Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, Peshku tumani hokimi Shavkat Mavlonov, tuman prokurori Q.Qilichev hamda tuman IIB boshlig‘i E.Safarov lavozimidan ozod etilgan.
Bu o‘zgarishlar sababi keltirilmagan. Shuningdek, ushbu lavozimlarni egallaydigan yangi rahbarlar hozircha ma'lum emas.
Eslatib o‘tamiz, «Kun.uz» xodimlari o‘tgan oy oxirida Buxoro viloyatiga safar qilib, viloyat hokimi bilan suhbatlashgan, o‘shanda aholi murojatlari hokimga yetkazilgan, murojaatlarda Peshku tumanidagi rahbar amaldorlardan jiddiy shikoyatlar ham bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:17 / 30.09.2024
Bunaqada sohada kim qoladi? Yangibozor hokimi misolida dehqonlarga munosabat
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
18:30 / 20.09.2024
Hokim va mahalliy Kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratildi
21:23 / 19.09.2024