Jamiyat | 14:38 / 13.03.2017
6216
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston TIV: Qozoq-turk litseylari faoliyatida hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi

Qozog‘iston o‘z ta'lim muassasalari faoliyatiga hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydi. Tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov sobiq qozoq-turk litseylari bilan bog‘liq vaziyatga izoh berar ekan, shunday fikr bildirdi. "Tengrinews" shu haqida xabar berdi

"Qozoq-turk litseylari rebrending jarayonidan o‘tganini tasdiqlayman, ular yangi nomlarga (Bіlіm-innovatsiya litseyі") ega. Ularda Qozog‘istonda tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida ta'lim beriladi, litseylar hukumatning mahalliy ijro organlari nazorati ostidadir. Biz Qozog‘istonda joylashgan ta'lim muassasalari faoliyatida hech qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi Qayrat Abdurahmonov. 

Shuni ta'kidlash joizki, Turkiyaning Favqulodda va Muxtor elchisi Nevzat Uyanik 2-mart kuni qozoq-turk litseylari Turkiya ta'lim vazirligi nazoratiga topshirilishi haqida ma'lum qilgan edi. QR ta'lim vazirligi bunday ehtimolni rasman rad etdi. 

Mavzuga oid