Jahon | 15:19 / 14.03.2017
8193
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina bosh vaziri Erdo‘g‘anning Rossiyaga kelganidan to‘rt kun o‘tib Turkiyaga bordi
Ukraina bosh vaziri Vladimir Groysman Turkiyaga rasmiy tashrifini boshladi, deyiladi Ukraina vazirlar mahkamasi saytida.
Tashrif dasturiga ko‘ra, hukumat rahbari 14 mart kuni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, bosh vazir Binali Yildirim, shuningdek Turkiya milliy yig‘ilishi spikeri Ismoil Kahramon bilan uchrashadi.
Ukraina va Turkiya hukumatlari rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek Groysman Ukraina-Turkiya biznes-forumida ishtirok etadi hamda Turkiyada yashovchi ukrainaliklar va qrim-tatarlar bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
10:46
Tramp Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlaydi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024