Mamarizo Nurmuratov Senat a'zoligiga saylandi
16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
14 mart kuni o‘tkazilgan Jizzax viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a'zosi saylovi bo‘yicha qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi etib ro‘yxatga olindi.
Shuningdek, majlisda Shokirjon Umidovning xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan deputatlik vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024