Sport | 07:57 / 22.03.2017
5444
1 daqiqa o‘qiladi
45 yoshli tennischi 7 yil ichidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Dunyoning sobiq 14-raqamli tennischisi, 45 yoshli marokashlik Yunus al-Aynaviy Bahrayn poytaxti Manamada o‘tayotgan ITF seriyasi musobaqasining 2-raundiga chiqdi. U musobaqaning 1-davrasida avstriyalik Brend Kosslerni 6:4, 2:6, 7:5 hisobida yutdi.
Al-Aynaviy 2010 yilda Dohadagi musobaqadan keyin faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi, biroq 6 yil o‘tgach ITF musobaqasida ishtirok etish uchun kortga qaytgan. Tennischi o‘sha musobaqada birorta g‘alabaga erisha olmagandi.
Yunus chorak finalga chiqish uchun norvegiyalik Viktor Durashevich bilan bellashadi.
Tennis. Manama, Bahrayn. Erkaklar. 1-davra.
Al-Aynaviy (Marokash) — Kossler (Avstriya) — 6:4, 2:6, 7:5
Mavzuga oid
17:21 / 06.12.2018
MXX sobiq rahbari Rustam Inoyatovga ITF maxsus mukofoti berildi
19:11 / 13.12.2016
Yilning eng yaxshi erkak va ayol tennischisi aniqlandi
09:28 / 06.12.2016
Belarusda ITF taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston 34ta medal bilan birinchi bo‘ldi
11:31 / 05.12.2016