Samvel Babayan: Oxirigacha kurashamiz, hali imkoniyat bor
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan JCh-2018 saralashi 3-bosqichida Suriyaga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan 6-tur uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi va guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash uchun hali imkoniyat borligini ta'kidladi.
«Bugun futbol ko‘rmadik, boisi maydon holati unchalik yaxshi emas edi. Bugungi sharoitlarni hisobga olib, yaxshiroq o‘yin namoyish etish va xarakter ko‘rsatishimiz talab etilgan edi. Bugungi mag‘lubiyatdan afsusdamiz, ammo O‘zbekiston terma jamoasi hamon uchinchi o‘rinda va imkoniyatlarini yo‘qotmagan. Biz oldinga harakat qilamiz va keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Umid qilamanki, keyingi o‘yinlarda optimal tarkibda maydonga tushamiz va albatta, g‘alaba qozonamiz. Futbolchilarga o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdim. Ular qattiq mehnat qilishdi va bor kuchlari bilan o‘ynashdi. Ularga e'tirozim yo‘q», deya murabbiyning so‘zlarini keltirgan O‘FF rasmiy sayti.
«Guruhdagi terma jamoalarda oldinga harakat qilishlari uchun yaxshi imkoniyat bor. O‘ylaymanki, barcha kurash hali oldinda va barcha jamoalarda yaxshi imkoniyat bor. Keyingi o‘yinda Qatarga qarshi o‘ynaymiz. Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz va umid qilamanki, Qatarni yuta olamiz», - deya fikrini yakunladi Samvel Babayan.