TJM xodimi: «O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylariga haykal qo‘yish kerak»
O‘zbekiston terma jamoalar markazining o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishi bo‘limiga mas'ul xodimi Sherzod Egamberdiyev O‘zbekiston terma jamoasi ko‘rsatayotgan natija uchun murabbiylarga haykal qo‘yish kerakligini ta'kidladi.
«Afsuski, biz Braziliya emasmiz. Boy Qatar yoki BAA ham emasmiz. Borimiz shu. Murabbiylarimizga ko‘rsatayotgan natijalari uchun haykal qo‘yish kerak. Jamoani «o‘ldirmasdan», qo‘llab-quvvatlash kerak. Futbolchilar ham JChga chiqishni istaydi», – deb yozgan Egamberdiyev feysbukdagi tortishuvlardan birida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvda Suriya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, JCh yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini pasaytirib yuborgandi.
Mavzuga oid
17:05 / 15.11.2024
«166 daqiqa». Katanetsning eng katta xatosi haqida
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
17:51 / 14.11.2024
Osiyo kubogidagi alamli mag‘lubiyat uchun revansh olinadimi? Qatar – O‘zbekiston o‘yini oldidan
11:16 / 14.11.2024