Jamiyat | 18:50 / 27.03.2017
13739
1 daqiqa o‘qiladi

Mikroavtobus va Infinity yuzma-yuz to‘qnashib ketdi (video)

Foto: arigus-tv.ru

Internetda Rossiyada ro‘y bergan mudhish fojia tasvirlangan video tarqaldi. Unda yo‘llardan birida mikroavtobus (marshrutka) va Infinity avtomobilining yuzma-yuz to‘qnashib ketganini ko‘rish mumkin.

Rolik mikroavtobusning videoqayd etish qurilmasi yordamida olingan. Tasvirlarda Infinity’ning qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketganini ko‘rish mumkin.

Yo‘l-transport hodisasi shanba kuni yuz bergan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, Infinity’ning 26 yoshli ayol haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Har ikki haydovchi ham halok bo‘lgani aytilmoqda, yana 11 kishi jarohatlangan.

Mavzuga oid