Britaniya bosh vaziri Shimoliy Irlandiyani Brexit’ga qo‘shilishga chaqirdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Shimoliy Irlandiya siyosatchilarini kelishmovchiliklarni yengib, hukumatni shakllantirishga va Brexit’ga qo‘shilishga chaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Mey 29 mart kuni Yevropa Ittifoqini Buyuk Britaniyaning uning tarkibidan chiqishi jarayoni boshlanishidan xabardor qildi.
Shimoliy Irlandiyada koalitsiyaviy hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar 27 mart kuni barbod bo‘ldi. Bunga protestantlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Demokratik yunionistik partiya (DYuP) va katoliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi "Shinn feyn" partiyasi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. 2 mart kunidagi Shimoliy Irlandiyaning hududiy qonunchilik Assambleyasiga saylovlarda DYuPdan Assambleyaga 28 deputat, "Shinn feyn"dan esa 27 deputat o‘tgan.
14 mart kuni "Shinn feyn"ning Shimoliy Irlandiyadagi yetakchisi Mishel O'Nil Shimoliy Irlandiyada yaqin orada mustaqillik va Irlandiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazilishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024